Telefon: +99891 444-88-88
E-mail: info@jts.uz

Web sahifalar yaratish

Error message

Notice: Undefined variable: natija in eval() (line 15 of /var/www/vhosts/jts.uz/httpdocs/sites/all/modules/views/plugins/views_plugin_argument_default_php.inc(53) : eval()'d code).

Web sayt intеrnеt tarmog'ida joylashgan, HTML formatida tayyorlangan, matn, tasvirlar, animatsiya, dastur kodlari va boshqa elementlardan iborat bo'lgan web sahifalar to’plamidir.

Sizga sayt kerakmi yoki yo'qmi, bilmayapsizmi ?

Unda quyidagilar bilan tanishing.

Sizning saytingiz bu sizning ideal virtual menejeringiz deyish mumkin. Sayt ko'plab noyob xususiyatlarga ega:

  1. sayt hech qachon kasal bo'lmaydi;
  2. unda yomon kayfiyat bo'lmaydi;
  3. u har doim mijozlarga e'tibor va mehr bilan munosabatda bo'ladi;
  4. unga maosh to'lash shart emas;
  5. sayt har doim siz haqingizda yaxshi fikrlarni bildiradi.

Sizning saytingiz siz uchun kamida 10 xil vazifani bajara oladi:

  1. Sayt korporativ imidjni shakllantirish uchun zarur. Saytning mavjudligi kompaniyangiz barqarorligi, barqaror rivojlanish bo'yicha rejalarning mavjudligi, o'zining mijozlari haqida qayg'urishi, dinamik rivojlanayotganligi, o'z faoliyatini olib borish bo'yicha yangi bosqichga ko'tarilganligini bildiradi.
  2. Saytning muhim vazifalaridan biri foydalanuvchilarga va mijozlarga ma'lumotlarni yetkazishdir. So'nggi paytlarda internetdan foydalanuvchilar sonining keskin oshishini hisobga oladigan bo'lsak, sizning mahsulotlaringiz yoki xizmatlaringiz raqobatchilaringiznikidan farqli ravishda internet tarmog'ida mavjud bo'lmasa, siz mavjud va bo'lajak mijozlarning sezilarli qismini yo'qotishingiz mumkin.
  3. Sayt mijozlar bilan aloqa qilish uchun kerak. Mijozlar fikrini o'rganib, bozordagi o'zgarishlarga tezda moslashish va zaif tomonlaringizni tuzatishingiz mumkin.
  4. Siz o'z saytingizga ega bo'lib, nafaqat oz'ngiz yashab turgan joydagi kishilar, balki sizdan minglab kilometr uzoqdagi insonlarga ham o'zingiz haqingizda e'lon qilishingiz mumkin. Sayt bu dabdaba yoki ko'z-ko'z qilinadigan buyum emas, u biznesni yuritish va rivojlantirish vositasidir.
  5. Sayt yangi xizmatlar va mahsulotlarni namoyish etish uchun kerak. Veb sahifalarda grafik, video-materiallardan foydalangan holda mahsulot haqida to'liq ma'lumotni yetkazish mumkin.
  6. Saytingiz - bu haftasiga 7 kun va kuniga 24 soat ishlaydigan reklamadir. Saytda gazeta, jurnal, buklet yoki reklama listlaridagi kichik qismlardan ko'ra ko'proq ma'lumot joylashtirish mumkin. Ish joyingizda bo'lishingiz ham shart emas. Xoxlovchilar o'zlariga kerakli ma'lumotlarni kunning istalgan paytida olishlari mumkin.
  7. Sayt orqali marketing tadqiqotlari olib borish mumkin. Sayt orqali har xil so'rovlar o'tkazishingiz, forumlarda foydalanuvchilarning fikrlarini bilishingiz mumkin.Sizni qiziqtirgan savollar bo'yicha foydalanuvchilar fikrlarini doim bilib turasiz.
  8. Yangi mutaxassislar topishda ham sizga sayt yordam beradi. Mavjud bo'sh ish o'rinlari haqida ma'lumotlarni joylashtirish mumkin.
  9. Sayt orqali ma'lumotlarni tezkor o'zgartirish mumkin. Masalan, narxlar, telefon raqamlari, manzillar, matnlar. Yangi bo'limlar qo'shish yoki eskilarini olib tashlash ko'p vaqt talab qilmaydi.
  10. Sayt hujjatlar almashinuvini va telefon so'zlashuvlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Xodimlaringiz telefon so'zlashuvlariga sarflaydigan vaqtlarida boshqa muhimroq ishlar bilan band bo'ishlari mumkin.

Biz sizga bir necha xil turdagi saytlarni yaratishni taklif etamiz:

-    Ta'lim saytlari. Bu turdagi saytlarga ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va masofaviy ta'lim saytlari kiradi, masalan: edu.uz, eduportal.uz
-    Reklama saytlari. Bu turdagi saytlarga asosan reklama agentliklari va reklamalarni joriy qilish saytlari kiradi.
-    Tijorat saytlari. Bu turdagi saytlarga internet do'konlar, internet to'lov tizimlari va internet konvertatsiya tizimlari saytlari kiradi, masalan: websum.uz, webmoney.ru, egold.com
-    Ko'ngilochar saytlar. Bu turdagi saytlarga kompyuter o'yinlariga, fotogalereyalarga, sayohat va turizmga, musiqa va kinonamoyishlarga bag'ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan: mp3.uz, melody.uz, cinema.uz
-    Korxona va tashkilotlar saytlari. Bu turdagi saytlarga davlat korxonalari, xo'jalik va boshqaruv organlari saytlari kiritiladi va boshqa turdagi saytlar.

Hozirgi kunda kompaniyamiz ko'rsatayotgan xizmatlar yuqori darajada. Bunday yutuqlar bilan boshqa har qanday firma maqtana olmaydi. Biz o'z ishimizni vijdonan a'lo darajada amalga oshirishga kafolat beramiz.

Bepul maslahat olish
uchun ariza qoldiring

×

Sizni qiynayotgan muammolarga yechim topolmayapsizmi ?
Unda bizning mutaxassislarimiz sizga yordam berishadi.
+99890 712-69-65 raqamiga qo'ng'iroq qiling
yoki maslahat olish uchun ariza qoldiring.