Telefon: +99891 444-88-88
E-mail: info@jts.uz

Kompyuter tarmoqlarini loyihalash

Error message

Notice: Undefined variable: natija in eval() (line 15 of /var/www/vhosts/jts.uz/httpdocs/sites/all/modules/views/plugins/views_plugin_argument_default_php.inc(53) : eval()'d code).

Kompyuterlar orasida ma'lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda yechish uchun bir-biri bilan bog'langan kompyuterlarning majmuasi kompyuter tarmog'ini tashkil etadi.

Tarmoq axborotlarni uzatish, alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida yechish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni ma'lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan (ma'lumotlari, xotirasi) birgalikda foydalanish, hamda butun dunyo kompyuterlarini o'zida birlashtirgan Internet tarmog'iga bog'lanish mumkin. Tarmoqlar biror maqsadga erishish uchun quriladi, ya'ni bog'langan kompyuterlar orqali biror masalalarni yechish uchun ixtisoslashtiriladi.

Tarmoqlar orqali bir qancha masalalarni osonlashtirish mumkin:

  1. Ma'lumotlar almashish, fayl server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar o'zaro ma'lumotlar almashishi mumkin. Flesh xotira yoki disklar ishlatilmaydi. Kerakli ma'lumotlar yoki dasturlarni har bir kompyuter xotirasida saqlash shart bo'lmaydi, ularni asosiy kompyuter (server) xotirasiga joylashtirish va kerakli paytda ushbu serverdan olib foydalanish mumkin. Kompyuterlarning xotirasida takroriy ma'lumotlarning bo'lmasligi hisobiga sezilarli darajada xotira hajmi tejaladi; 
  2. Qurilmalardan birgalikda foydalanish, Print server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar mavjud texnikalardan (printer, faks, skaner va boshqalar) birgalikda foydalanishlari mumkin,  Har bir kompyuter foydalanuvchisi o'z ma'lumotlarini xizmat joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali qog'ozga chop qilishi mumkin. Har bir kompyuterning o'ziga printer ulashning hojati qolmaydi;
  3. Internetdan birgalikda foydalanish, Proksi server xizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar internet ulangan kompyuter boshqaruvi orqali bir vaqtda Internet yoki boshqa xizmatlardan foydalanishi mumkin;
  4. Kompyuter va foydalanuvchilarni boshqarish. Bunda tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlarning va ularda qayd qilingan foydalanuvchilarning tarmoqda o'zini tutishi hamda faoliyat yuritishini belgilash va nazorat qilish mumkin.

Kompyuterlarni bir-biri bilan bog'lashda ikki xil usuldan foydalaniladi:

  1. Kabel yordamida bog'lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o'ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali (optik) kabellar orqali tarmoq platasi yordamida bog'lanadi.
  2. Simsiz bog'lanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida, ya'ni radio to'lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalari yordamida bog'lanadi.

Hozirda WiFi texnologiyalari judayam rivojlanib bormoqda. Bu texnologiya yordamida tarmoqqa nafaqat shaxsiy kompyuterlar balki, notebooklar, planshet, mobil telefon, printerlar va boshqa ko'plab qurilmalarni ulash mumkin.

Hozirgi kunda kompaniyamiz ko'rsatayotgan xizmatlar yuqori darajada. Bunday yutuqlar bilan boshqa har qanday firma maqtana olmaydi. Biz o'z ishimizni vijdonan a'lo darajada amalga oshirishga kafolat beramiz.

Bepul maslahat olish
uchun ariza qoldiring

×

Sizni qiynayotgan muammolarga yechim topolmayapsizmi ?
Unda bizning mutaxassislarimiz sizga yordam berishadi.
+99890 712-69-65 raqamiga qo'ng'iroq qiling
yoki maslahat olish uchun ariza qoldiring.