Telefon: +99891 444-88-88
E-mail: info@jts.uz

Videokuzatuv tizimlarini o'rnatish

“Xavfsizlik — eng muhimi!”, degan ta’kidni ko‘p bora eshitganmiz, biroq o‘zimizning, yaqinlarimizning xavfsizligi, mol-mulkimizning daxlsizligi haqidagi qanchalik ko‘p va yetarli darajada qayg‘uramiz? Balki vaziyatni izchil nazorat ostiga olish vaqti kelgandir? Bu masalada videokuzatuv moslamalari va tizimlari ishonchli yordamchiga aylanadi.

Aynan videokuzatuv tizimlari yordamida:

a)  huquqbuzarlik holatlarini vaqtida aniqlash, ular haqida ogohlantirish yoki oldini olish choralari ko'rish;

b) banklar va supermarketlar, omborlar, qurilish maydonlari, avtoturargohlar, mehmonxonalar, xonadonlar va dala-hovlilar, avtomobillar va qurilish mashinalarida o‘g‘irliklar fosh etish;

c) kadrlar va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bahsli vaziyatlar ijobiy hal etiladi, kadrlar tomonidan texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini ta'minlash;

d) xodimlarning ishga vaqtida kelishi va ketishi, ish paytida boshqa ishlar bilan shug'ullanmasligini nazorat qilish;

e) uyingizda enaga, uy xizmatchisi yoki farzandlaringiz nima bilan bandligi nazorat qilish va boshqa shu kabi ko'plab masalalarni hal etish mumkin.

O‘zbekiston bozorida 2013-yildan beri faoliyat olib borayotgan kompaniyamiz xolis guvoh vazifasini sidqidildan bajaruvchi kuzatuv kameralarini o‘rnatish, bunday vositalarni sozlash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. O‘tgan davr mobaynida biz mamlakat bo‘ylab yuzdan dan ortiq obyektlarga kuzatuv kameralarini o‘rnatdik.

Kompaniyaning videokuzatuv tizimlari bilan ishlashda katta tajribaga ega mutaxassislari videokuzatuv moslamalari — Turbo HD kamera, IP kamera, videoregistratorlar, domofonlar o‘rnatish bilan bog‘liq jarayonlarni to‘liq loyihalashtirishdan amalga oshirishgacha bo‘lgan barcha murakkab ishlarni yuqori darajada bajara oladi.

Bundan tashqari, kompaniya xodimlari mijoz ko‘rsatgan obyekt uchun qanday kamera mos kelishi va qanday tizimni sotib olish kerakligi haqida tegishli tavsiyalarni taqdim etadi, uskunalarning o‘xshash va bir-biridan farqli tomonlari, ustunliklari va imkoniyatlari haqida to‘liq tushuntirish beradi.

Kompaniyamiz videokuzatuv sohasidagi ilg‘or yechimlarni yetkazib berish bo‘yicha jahonning yetakchilaridan biri hisoblangan HIKVISION korporatsiyasi bilan hamkorlik qiladi. HIKVISION ning tungi ko‘rsatish kameralari kadrlarining nisbatan yorqinligi, rang ajratish sifati yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. 

E’tiborli tomoni, obyektga o‘rnatilgan IP va Turbo HD kameralar uzatayotgan ma’lumotni nafaqat uyda yoki ishda, balki smartfon yoki planshet vositasida dunyoning istalgan nuqtasidan turib ko‘ra olasiz.

O‘zingiz, yaqinlaringiz va mol-mulkingiz xavfsizligini ta’minlash masalasiga befarq bo‘lmang — professionallarga ishonch bildirib, tinch va xotirjam hayot kechiring!
Hozirgi kunda kompaniyamiz ko'rsatayotgan xizmatlar yuqori darajada. Bunday yutuqlar bilan boshqa har qanday firma maqtana olmaydi. Biz o'z ishimizni vijdonan a'lo darajada amalga oshirishga kafolat beramiz.

Bepul maslahat olish
uchun ariza qoldiring

×

Sizni qiynayotgan muammolarga yechim topolmayapsizmi ?
Unda bizning mutaxassislarimiz sizga yordam berishadi.
+99890 712-69-65 raqamiga qo'ng'iroq qiling
yoki maslahat olish uchun ariza qoldiring.