Telefon: +99891 444-88-88
E-mail: info@jts.uz

Mini shaxsiy kompyuterlar

Asus va Google kompaniyalari Chrome operatsion tizimi ostida ishlaydigan o’ta ixcham Asus Chromebit mini shaxsiy kompyuterini sotuvga  chiqarilganligini ma’lum qildi. Chromebit o’rtacha o’lchamdagi USB fleshkadan 4 barobar kattaroq o’lchamga ega va shakli jihatdan ham o’xshashib ketadi. Mini  shaxsiy kompyuterning o’lchamlari 123×31×17 millimetrni va og’irligi 75 grammni tashkil etadi.  Yagona yechiladigan qism, qopqoq ostida HDMI razyom joylashgan. Bu port orqali qurilmaga monitor yoki televizor ulanadi. HDMI razyomdan tashqari korpusda yana micro-USB porti ham mavjud. Bu portdan qo’shimcha quvvat uzatiladi.

Kompyuter-brilokda Rockchip RK3288 prossesoridan foydalanilgan. Bu prossesor 4 ta takt chastotasi 1,8 GGs bolgan Cortex-A17 yadrosidan iborat. Tasvirga ishlov berish bilan 8 yadroga ega Mali-T760MP4 grafik prossesori shug’ullanadi. Tezkor xotira hajmi 2 Gb ni tashkil qiladi. Mini shaxsiy kompyuter 16 Gb lik flesh xotiraga ega. Shuningdek, simsiz aloqa adapterlari Wi-Fi 802.11ac va  Bluetooth 4.0 lari, periferik qurilmalar ulash uchun USB portlar ham joylashtirilgan.

Bunday kichik qurilma bilan siz, albatta Photoshopda tasvirlarga ishlov berish yoki bo’lmasa Call of Duty o’ynash bilan shug’ullana olmaysiz. Biroq, internetda sayr qilish, jadvallar bilan ishlash, musiqa tinglash va video ko’rish kabi amallarni bajarishingiz mumkin.

Hozirgi kunda kompaniyamiz ko'rsatayotgan xizmatlar yuqori darajada. Bunday yutuqlar bilan boshqa har qanday firma maqtana olmaydi. Biz o'z ishimizni vijdonan a'lo darajada amalga oshirishga kafolat beramiz.

Bepul maslahat olish
uchun ariza qoldiring

×

Sizni qiynayotgan muammolarga yechim topolmayapsizmi ?
Unda bizning mutaxassislarimiz sizga yordam berishadi.
+99890 712-69-65 raqamiga qo'ng'iroq qiling
yoki maslahat olish uchun ariza qoldiring.