Telefon: +99891 444-88-88
E-mail: info@jts.uz

Googlening havo sharlari

Google korporatsiyasi havo sharlaridan yer usti telekommunikasiya tarmog’i yetib borishi qiyin bo’lgan hududlarga internet yetkazib berish bo’yicha foydalanish loyihasini boshlagan. 18-20 km balandlikka ko’tarilgan havo sharlari o’ziga yarasha mukammallikka erishadi. Bu ularning uchish va ma’lumotlarni qayta uzatish masofasini oshiradi.  Atmosferaning bu qatlamida havo shari kam qarshilikka uchrashi sababli, uning uchish masofasi bir necha barobar ortadi.

Computerworld saytining bergan habariga ko’ra,Project  Loon loyihasi vakillarining so’zlariga tayangan holda, havo sharlari 100 kundan ortiq muddat uzluksiz uchgan holda o’z faoliyatini olib borgan. Bu sohadagi record ko’rsatkich 6 oylik muddatni tashkil etadi. Bundan tashqari, loyiha ustida ish olib borayotgan mutahassislar havo sharlarini ishlab chiqarish jarayonida mahsus qurilmalardan foydalanilmoqda. Google`ning ta’kidlashicha, havo sharlarida selsiy bo’yicha 60 daraja sovuqda ham ishlay oladigan iqlimga moslangan kameralar o’rnatilar ekan. Bu kameradan foydalanish, 20 km balandlikda shar bilan nimalar sodir bo’lishi mumkinligini bilish imkonini beradi.

Bundan ko’rinib turibdiki, Google kompaniyasi o’ylab qoygan loyihasini ohirigacha olib bormoqchi. Project Loon bilan Indonesiya orollarida simsiz aloqani ta’minlash ko’zda tutilgan va bundan tashqari yana bir qancha hududlarda ham bu loyiha ishga tushirilgan.

Hozirgi kunda kompaniyamiz ko'rsatayotgan xizmatlar yuqori darajada. Bunday yutuqlar bilan boshqa har qanday firma maqtana olmaydi. Biz o'z ishimizni vijdonan a'lo darajada amalga oshirishga kafolat beramiz.

Bepul maslahat olish
uchun ariza qoldiring

×

Sizni qiynayotgan muammolarga yechim topolmayapsizmi ?
Unda bizning mutaxassislarimiz sizga yordam berishadi.
+99890 712-69-65 raqamiga qo'ng'iroq qiling
yoki maslahat olish uchun ariza qoldiring.