Telefon: +99891 444-88-88
E-mail: info@jts.uz

Firma haqida

JTS kompaniyasi 2013-yilda tashkil etilgan bo’lib, avtomatik yong’indan himoyalash tizimlari, qo’riqlash signalizatsiya tizimlari, videokuzatuv tizimlari, shuningdek domofonlar o’rnatish kabi kompleks xavfsizlik tizimlarini loyihalash, o’rnatish va texnik xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanamiz. Biz xavfsizlik tizimlarini to'liq yoki mijozga zarur qismini o'rnatishimiz mumkin. Doimiy izlanishlarimiz tufayli xavfsizlik tizimlari sohasida yetakchi o'rinlardan birini egallab turibmiz.

Biz videokuzatuv tizimlari, yong'inga qarshi va xavfsizlik signalizatsiyasi, domofon tizimlarini olish va o'rnatishingizda, talablaringizga to'liq javob beradigan, individual yechimlarni taklif etamiz. Bunda xavfsizlikka bo'lgan barcha xavflar va faktorlar inobatga olinadi.

Biz ko'rsatadigan xizmatlarga qisqacha to'xtaladigan bo'lsak,

1. Yong'in xavfsizligi - har qanday tashkilotning kompleks xavfsizligida asosiy element hisoblanadi. Avtomatik yong'inga qarshi va qo'riqlash signalizatsiya tizimlari murakkab texnik vositalar majmui bo'lib, doimiy rivojlanishda davom etmoqda. Ishlab chiqarishda, ofisda va yashash joylarida avtomatik yong'inga qarshi va qo'riqlash signalizatsiya tizimlari o'zining masofadan ogohlantirishi va yong'inni o'chirish rejimini avtomatik faollashtirish imkoniyatlari orqali qanchalik samarali ekanligini ko'rsatib berdi. Qoidasi bo'yicha, bu tizimlarning yanada samarali ishlashi uchun qo'shimcha ravishda  boshqa xavfsizlik tizimlarini (masalan, videokuzatuv tizimlari) birgalikda o'rnatish va foydalanish kerak. Ammo, faqat yong'indan saqlash uchun o'zini ham alohida o'rnatib foydalanish mumkin. Avtomatik yong'inga qarshi va qo'riqlash signalizatsiya tizimlarini o'rnatish katta ahamiyatga ega. Yong'inga qarshi va qo'riqlash tizimini o'rnatish loyihasini tayyorlash, smeta tuzish, zarur asbob-uskunlarni tanlash va keyinchalik kafolatli servis xizmatlarini ko'rsatish bizning mutaxassislarimiz tomonidan mjozlarimizni to'liq qanoatlantiradigan narxlarda amalga oshiriladi. 

2. Biz taklif etayotgan videokuzatuv tizimlari yurtimiz iqlimiga moslashgan bo'lib, yuqori sifatli, uzoq muddatga va uzluksiz xizmat qilishga mo'ljallangan. Bundan tashqari mijoz xoxishiga ko'ra, videokuzatuv tizimini nafaqat uyda yoki ishda, balki smartfon yoki planshet vositasida dunyoning istalgan nuqtasidan turib ko‘ra olish imkoniyatini yaratib berishimiz mumkin. Kompaniyamiz videokuzatuv sohasidagi ilg‘or yechimlarni yetkazib berish bo‘yicha jahonning yetakchilaridan biri hisoblangan HIKVISION korporatsiyasi bilan hamkorlik qiladi. HIKVISION ning tungi ko‘rsatish kameralari kadrlarining nisbatan yorqinligi, rang ajratish sifati yuqori ekanligi bilan ajralib turadi.

3. Hozirda internetsiz hayotimizni tasavvur eta olmaymiz. Tashkilotingiz yoki shaxsiy veb saytingizga ega bo'lishingiz sizga ko'plab qulayliklar tug'diradi. Sayt eng avvalo zamonaviy tashkilotning yuzi hisoblanadi. Uning yordamida siz tashkilot haqidagi ma'lumotlarni ommaga yetkazish, reklama bilan shug'ullanish, mahsulotlar sotish, xizmatlar ko'rsatish, mijozlar va hamkorlar tezkor aloqa qilish va boshqa ishlarni amalaga oshirishingiz mumkin.

4. Lokal kompyuter tarmoqlari deganda sizga tashkilot xodimlarining birgalikda ishlashi  va umumiy resurslardan birgalikda foydalanish imkoniyatini berish uchun kompyuterlarni o'zaro bir-biriga ulash tushuniladi. Kompyuter tarmoqlari ma'lumotlarni kompyuterlar orasida tezkor almashish (flesh xotira yoki disklarsiz), qurilmalardan (printerlar, faks, skaner va boshqalar) birgalikda foydalanish, internetdan birgalikda foydalanish, bir kompyuterga o'rnatilgan dasturlardan boshqa kompyuterlarda foydalanish (1C, Norma va boshqalar) va boshqa ko'plab imkoniyatlarni yaratib beradi.

Biz ko'rsatadigan boshqa xizmatlar haqida batafsil ma'lumotlarni saytimizning "Xizmatlar" bo'limidan olishingiz mumkin.

Bizning jamoa

 

Otayev Umed Zikrilloyevich

Direktor
Ma'lumoti Oliy. 2011-yilda Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetini tugatgan. Mutaxassisligi informatika va axborot texnologiyalari.

Sayfiddinov Ibrohimbek Mizrobovich

Muhandis-dasturchi
Ma'lumoti Oliy. 2011-yilda Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetini tugatgan. Mutaxassisligi axborot xavfsizligi.

Oqilov Sunnatillo Muxtorovich

Muhandis-texnik
Ma'lumoti Oliy. 2012-yilda Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetini tugatgan. Mutaxassisligi servis (elektron va kompyuter texnikasi bo'yicha).  

Akobir

Montajchi
Ma'lumoti Oliy. 2015-yilda Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetini tugatgan. Mutaxassisligi servis (elektron va kompyuter texnikasi bo'yicha).

Sanjar

Montajchi
Ma'lumoti Oliy. 2015-yilda Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetini tugatgan. Mutaxassisligi servis (elektron va kompyuter texnikasi bo'yicha).
Hozirgi kunda kompaniyamiz ko'rsatayotgan xizmatlar yuqori darajada. Bunday yutuqlar bilan boshqa har qanday firma maqtana olmaydi. Biz o'z ishimizni vijdonan a'lo darajada amalga oshirishga kafolat beramiz.

Bepul maslahat olish
uchun ariza qoldiring

×

Sizni qiynayotgan muammolarga yechim topolmayapsizmi ?
Unda bizning mutaxassislarimiz sizga yordam berishadi.
+99890 712-69-65 raqamiga qo'ng'iroq qiling
yoki maslahat olish uchun ariza qoldiring.